“Yangi yil MyBazar bilan!” sovrinli o‘yinning shartlari.

Umumiy ma’lumot:

Mazkur “Yangi yil MyBazar bilan” rag‘batlantirilgan sovrinli o‘yin (keyingi o‘rinlarda – o‘yin) O‘zbekiston Respublikasining 07.06.2022 yildagi “Reklama to‘g‘risida”gi O‘RQ-766-son qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

O‘yin tashkilotchisi “ONLINE COSMETIC” MChJ, “MyBazar” savdo belgisi hisoblanadi (keyingi o‘rinlarda – tashkilotchi). STIR: 311249688, yuridik manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 16-mavze, 15-uy, 82-xonadon.

O‘yin ishtirokchisi MyBazar mobil ilovasi tizimida ro‘yxatdan o‘tgan hamda Tashkilotchi tomonidan belgilangan o‘yin shartlarini bajargan foydalanuvchi (fuqarolik-huquqiy munosabatlar sub’yekti) bo‘lishi mumkin.

 

O‘yin davri:

23 dekabr 2024 yildan – 15 yanvar 2025 yilgacham.

Ishtirok etish shartlari:

O‘yinda ishtirok etish uchun 3 shartni bajarish shart:

1. MYBAZAR mobil ilovasini yuklab olish hamda ro‘yxatdan o‘tish.

 • Bizning ilovamizni AppStore yoki Google Playdan yuklab o‘ling hamda xabarnomalar yuborishimiz uchun rozilik bering.


 • Telefon raqamingizni, toliq ismingiz va familiyangizni ko‘rsatib ro‘yxatdan o‘ting yoki avval ro‘yxatdan o‘tgan taqdirida, shaxsiy kabinetga kiring.

2. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bolish

Ishtirokchi barcha platformalarda obuna bo‘lishi kerak:

 • Instagram: bizning mybazar.uz sahifamizga obuna bo‘ling.

 • Telegram: bizning https://t.me/mybazar_market kanalimizga obuna bo‘ling

 

O‘yinni o‘tkazish:

 • Sana: 15 yanvar 2025 yil

 • Tartib (o‘tkazish joyi): Instagram sahifasidagi jonliy efir.

 • G‘oliblar barcha shartlarni bajargan ishtirokchilar orasidan mustaqil ravishda ishlaydigan randomizator (random.org sayti) orqali aniqlashtiriladi. Agar g‘oliblardan biri bilan MyBazar ilovasida ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ko‘rsatilgan telefon raqami bo‘yicha aloqa o‘rnatishda muammo yuzga kelsa, 2 martadan keyin, Tashkilotchi joriy efir davomida g‘olibni qayta aniqlaydi.

Sovrinlar:

 1. 1 – o‘rin – iPhone 16 smartfoni* 
 2. 2 – o‘rin – 500 000 so‘m miqdoridagi vaucher**

 3. 3 – o‘rin – 250 000 so‘m miqdoridagi vaucher**

 4. 4 dan – 15 gacham bo‘lganlar – 20% chegirma promokodi***

Sovrinlar beriladigan joy g‘olibga telefon orqali e’lon qilinadi.

Sovrinlar beriladigan sana o‘yin o‘tkaziladigan vaqtda e’lon qilinadi.

Sovrinni qabul qilgan paytda, g‘olib shaxsni hamda buyurtmani tasdiqlovchi hujjatni (chek yoki buyurtma raqami) taqdim etishi shart.

 

⚠️ Muhim! O‘yin o‘tkazilishidan avval, shuningdek o‘yin o‘tkazilish vaqtida barcha shartlar, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo‘lganligini tekshirib olamiz. Tashkilotchi o'yinni o'tkazish shartlarini bir tomonlama o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.

G‘olib, Tashkilotchini istalgan qulay usulda xabardor qilib, sovrinni rad etishga haq.

Agar g‘olib sovrinni topshirish uchun tashkilotchi bilan kelishilgan vaqt va joyga kelmagan bo‘lsa, uning sovrini rad etilgan deb hisobga olinadi. Ushbu holatda, Tashkilotchi o‘z xohishiga ko‘ra yangi g‘olibni aniqlash uchun takroriy o‘yinni tashkil qilish huquqiga ega.

O‘yin yakunlari bo‘yicha qo‘lga kiritilgan sovrinni pul miqdoriga almashtirish ruxsat etilmaydi. G‘olib faqat yutgan sovrinni olishi mumkin.

 

 

* Qurilmaning texnik xususiyatlari Tashkilotchining xohishiga ko‘ra.

** G‘oliblarga berilgan promokodlar faqat mybazar,uz saytida hamda MyBazar mobil ilovasida mahsulot sotib olish uchun ishlatilishi mumkin.

*** Promo-kodlarni taqdim etish va ulardan foydalanish qoidalari bilan-batafsil ma'lumotni havolada topishingiz mumkin.

 

Agar sizda biron bir savol bo‘lsa, MyBazar mijozlarga xizmat ko'rsatish xizmatiga
+998 77 379-90-99 raqamiga yoki Telegram bot orqali murojaat qilishingiz mumkin: @mybazar_help_bot 09:00 dan 18:00 gacha.